O'PKA SARATONINI ERTA ANIQLASHDA PAST DOZALI KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI TASVIRLARINI TAHLIL QILISHDA SUN'IY INTELLEKT ALGORITMLARINING SAMARADORLIGI

Main Article Content

Rustamov Sh.S.

Abstract

O'pka saratoni (O'S) dunyo miqyosida onkologik kasalliklar tufayli yuzaga keladigan o'lim holatlarining asosiy sababchisi bo'lib qolmoqda. Kasallikni erta bosqichlarda aniqlash davolash samaradorligini keskin oshiradi. Past dozali kompyuter tomografiyasi (PDKT) yuqori xavf guruhidagi shaxslarda O'S skriningi uchun "oltin standart" hisoblanadi. Biroq, PDKT tekshiruvlari natijasida radiologlar tahlil qilishi kerak bo'lgan juda katta hajmdagi tasvirlar (mayda o'pka tugunlari) paydo bo'ladi. Bu jarayon ko'p vaqt talab etadi va inson omili (charchoq, e'tiborsizlik) tufayli kichik o'lchamdagi xavfli tugunlarni o'tkazib yuborish ehtimoli mavjud. Sun'iy intellektga (SI) asoslangan kompyuterli diagnostika (CAD) tizimlari ushbu muammolarni hal qilishda katta salohiyatga ega.

Article Details

Section
Articles